Bosh sahifa/Yangiliklar

Yangiliklar

«ACWA Power» O‘zbekistonda yashil vodorod loyihasini amalga oshiradi

Saudiya Arabistoni ro'yxatiga kiritilgan dunyodagi eng yirik xususiy suvni tuzsizlantirish kompaniyasi, energiya almashinuvida yetakchi va yashil vodorod ishlab chiqarishni birinchi bo'lib o'zlashtirgan «ACWA Power» kompaniyasi O'zbekistonda yiliga 3000 tonna yashil vodorod loyihasining birinchi bosqichini boshladi.

2023 yil may oyida kompaniya 3000 tonnalik loyihaning birinchi bosqichi uchun vodorod va elektr energiyasini sotib olish bo'yicha shartnomalarni imzoladi.

2023-yil 29-noyabr kuni loyihaning birinchi bosqichini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Saudiya Arabistoni Investitsiyalar vaziri Xolid Al Folih ochib berdi. Tadbirda Bosh vazir Abdulla Aripov va “ACWA Power” direktorlar kengashi raisi janob Mohammad Abunayan ham ishtirok etdi.

«ACWA Power» kompaniyasi Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasini tarmoqqa ulash hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan yirik loyihaga “pilot” tarzda start berdi.

Sirdaryodagi qiymati 1,1 milliard dollarli issiqlik elektr stansiyasi 3 milliondan ziyod xonadon va yuzlab sanoat korxonalari ehtiyojini qondirish imkoniga ega ilk bor “yashil vodorod” ishlab chiqarish bo‘yicha korxona yaratilishiga poydevor qo‘yildi.

Bugungi kunda «ACWA Power» kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda 7,5 milliard dollarlik energetika loyihalari amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalarning ishga tushirilishi 2030 yilgacha 25 gigavatt qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yaratishga xizmat qiladi, bu esa 4,5 milliard kub metr gazni tejash va atmosferaga zararli chiqindilarni 3 million tonnagacha kamaytirish imkonini beradi.

Mazkur loyihalar mamlakatimizda “yashil energetika” ni rivojlantirish va iqtisodiyotga energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, yashil vodoroddan mineral o‘g‘it ishlab chiqarish tabiiy resurslar kamayishining oldini olish, qishloq xo‘jaligining atrof-muhitga salbiy ta’sirini qisqartirishga xizmat qiladi.