Bosh sahifa/Yangiliklar
Yangiliklar
Aziz hamkasblar, hamkorlar va qadrli vatandoshlar!
Sizlarni eng muhim davlat bayramlaridan biri — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan samimiy tabriklaymiz!
Bu kun ozodlik, adolat va qonun ustuvorligi kabi yuksak ideallarga boʻlgan umumiy sadoqatimizni anglatadi. Konstitutsiya eng oliy qadriyatlarni — inson huquq va erkinliklarini, tinchlik va barqarorlikni kafolati va Yangi Oʻzbekistonning farovon kelajagi quriladigan mustahkam poydevordir.
Biz Asosiy Qonunimiz bilan faxrlanamiz va ishonamizki, uning tamoyillariga tayangan holda, birgalikdagi mehnatimiz bilan oldinga qoʻyilgan yuksak maqsadlarga erishamiz.
Ushbu qutlug‘kunda sizga mustahkam sihat-salomatlik, tuganmas energiya va barcha ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Konstitutsiya tamoyillari bizni Yangi Oʻzbekiston ravnaqi yoʻlida yangi mehnat gʻalabalariga hamda bunyodkor mehnatga ilhomlantirsin.
Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz doʻstlar!