Bosh sahifa/Yangiliklar
Yangiliklar
Aziz yurtdoshlar, hamkorlar va hamkasblar!
9-may — o‘tmish xotirasi, bugungi kun qadri va kelajak oldidagi mas’uliyat birlashadigan muqaddas sanadir. Ushbu ayyom bizga tinchlik naqadar oliy ne’mat ekanini va u beqiyos matonat evaziga qo‘lga kiritilganini anglatadi.
Bugun biz urush maydonlaridan qaytmagan qahramonlarimizning so‘nmas xotirasi oldida bosh egamiz hamda hayoti jasorat va burchga sadoqatning yuksak namunasi bo‘lgan faxriylarimizga cheksiz minnatdorlik bildiramiz.
Keksa avlod vakillarini e’zozlash va ularning jasoratini asrab-avaylash — yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi muqaddas burchimizdir. Ajdodlarimiz jasorati qalblarimizda mangu yashab, xalqimiz birdamligini mustahkamlasin va yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi bunyodkorlik ishlariga ilhomlantirsin.
Sizga mustahkam sog‘lik, oilangizga xotirjamlik va farovonlik yor bo‘lishini tilaymiz. Boshingiz uzra musaffo osmon nuri hech qachon arimasin, har bir tongingiz esa ertangi kunga bo‘lgan mustahkam ishonch va quvonch bilan munavvar bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!