Bosh sahifa/Yangiliklar

Yangiliklar

Hurmatli vatandoshlar!

Sizni Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bahorgi tengkunlik va tabiatning uyg‘onish timsoli bo‘lgan ushbu qadimiy bayram o‘zida birlik,

tinchlik va bunyodkorlik kabi yuksak qadriyatlarni mujassam etgan.

Navro‘z — yangi marralarni zabt etish va kelajakka katta ishonch bilan boqish vaqtidir.

Sizga va yaqinlaringizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va qut-baraka tilaymiz.

Ushbu nurli ayyom qalbingizni quvonchga,

xonadoningizni fayz-u baraka va to‘kin-sochinlikka to‘ldirib, sizni yangi zafarlarga chorlasin.

Yurtimiz tinch, xonadonlaringiz hamisha obod bo‘lsin!

Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!