Bosh sahifa/Yangiliklar
Yangiliklar
Hurmatli vatandoshlar, hamkasblar va hamkorlar!
Sizni Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.
Ushbu bayram mardlik, shon-sharaf va ona yurtga bo‘lgan cheksiz sadoqat ramzidir. Biz mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligini himoya qilib, Yangi O‘zbekistonning ravnaqi hamda bunyodkorlik mehnati uchun sharoit yaratib berayotgan barcha insonlarga chuqur ehtiromimizni bildiramiz.
Bugun biz o‘zining bunyodkorona va tinch mehnati bilan Yangi O‘zbekiston gullab-yashnashiga hissa qo‘shayotgan har bir vatandoshimizni qutlaymiz.
Sizga va yaqinlaringizga mustahkam sog‘liq, bitmas-tuganmas g‘ayrat-shijoat, qut-baraka va muqaddas zaminimiz uzra hamisha musaffo osmon tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!