Bosh sahifa/Yangiliklar
Yangiliklar
Ikki tomonlama munosabatlar kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga olib chiqildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19−21-may kunlari rasmiy tashrif bilan Vengriyada bo'ldi
Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidan ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Amaliy hamkorlik barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlar, hukumatlar, idora va hududlar darajasida samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. BMT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlik qilinmoqda.
Ishbilarmon doiralar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, avtomobil yo‘llari va logistika markazlarini qurish, kommunal tarmoqlarni rivojlantirish, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari, kimyoviy tovarlar, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, raqamli texnologiyalar, baliqchilik kabi sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
O‘tgan yil oktyabr oyida Qo‘qon shahrida o‘tgan birinchi Hududlar forumining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi. Hududlararo aloqalarni rag‘batlantirish maqsadida Vengriyada ikkinchi forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Ishbilarmonlik, turizm va madaniy almashinuvlarni faollashtirish maqsadida ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Madaniy-gumanitar sohadagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Kelgusi yilni O‘zbekiston va Vengriya madaniyati yili deb e’lon qilish taklifi bildirildi.
Ta’lim almashinuvi bo‘yicha "Stipendium Hungaricum" dasturi doirasidagi hamkorlik davom ettiriladi. Shuningdek, ikki mamlakatda tan olinadigan diplomlar berish tizimini joriy etish va mamlakatimizda Vengriya oliy ta’lim muassasalarining filiallarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shu ma’noda, joriy yilda Toshkent shahrida O‘zbekiston va Vengriya rektorlarining uchinchin forumini o‘tkazish taklif qilindi.
Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi, odam savdosi va xavfsizlikka tahdid solayotgan boshqa zamonaviy xatarlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.
Erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida mutasaddi vazirliklarga qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni tayyorlash topshirildi.
Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi, odam savdosi va xavfsizlikka tahdid solayotgan boshqa zamonaviy xatarlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.
Prezident 21-may kuni Vengriya poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida mutasaddi vazirliklarga qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni tayyorlash topshirildi.