Bosh sahifa/Yangiliklar

Yangiliklar

“INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi to'rtinchi martaToshkentda

22-24 aprel kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKMda “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi hamkorligida tashkil etildi. Savdo-sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan ushbu muhim tadbirga 10 mingdan ortiq tashrif buyuruvchilar, jumladan, tegishli vazirliklar, hududiy delegatsiyalar va biznes vakillari tashrif buyurdi. O‘tgan yilgidek ko‘rgazma ekspozitsiyalari “O‘zekspomarkaz” MKMning barcha pavilyonlarini – 14 ming kvadrat metrdan ortiq maydonni egalladi. Ko'rgazmada 400 dan ortiq kompaniya o'z yechimlarini namoyish etdi. Ko‘rgazmada mashinasozlik, metallurgiya, energetika va IT-loyihalari kabi eng muhim tarmoqlar mahsulotlari o‘rin oldi. O‘zbekistonni O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining respublikaning yirik kompaniyalari va sanoat loyihalari taqdim etilgan stendi namoyish etdi. Bu gal nufuzli anjumanda Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston va Turkiya davlatlaridan tegishli vazir, vazir o‘rinbosarlari, mahalliy hokimiyat idoralari rahbarlari hamda 400 dan ziyod xorijiy kompaniya, 2500 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Tadbirda 40 dan ortiq mahalliy va xorijiy tarmoq, hududlar vakillari, vazir va o‘rinbosarlar ma’ruza qildilar. Asosiy yalpi majlisda savdo-iqtisodiy aloqani rivojlantirish, flagman loyihalar va hamkorlik istiqboli muhokama qilindi. Ko‘rgazma biznes dasturi doirasida xalqaro va hududlararo darajadagi sanoat kooperatsiyasi yangi jihatlari va vositalari batafsil tahlil etildi. Dastur doirasida O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Belarusb davlatlari milliy stendlari, 60 ga yaqin xorijiy kompaniya ekspozitsiyasi, hududlar burchagi namoyish etildi. Jami 20 tadbir, jumladan “Yashil texnologiya: ekologiya transporti rivojlanishining yuk tashish va turizmga ta’siri”, “Temir yo‘l: shaharlar va ishlab chiqarish uchun transport infratuzilmasi zamonaviy boshqaruv tizimiga investitsiya”, “Sof strategiya: Markaziy Osiyo yonilg‘i-energetika sektorining kompleks rivojlanishi va yangilanishi”, “Jahon sanoat parki kooperatsiyasi: investor uchun yangi uzluksiz makon yaratilishi”, “Markaziy Osiyoda sanoat sohasida ro‘yxatga olish, ombor va logistika” sessiya yig‘ilishlari, “Farmatsevtika va tibbiyot sanoati sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihati” davra suhbati hamda B2B uchrashuvlar uyushtirildi.