Bosh sahifa/Yangiliklar
Yangiliklar
Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi birinchi sammiti
3−4-aprel kunlari Samarqanda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari ishtirokida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti bo'lib o'tdi.
Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo birinchi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdilar.
Kun tartibida — transport va raqamli aloqa, strategik xomashyo, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida hamkorlikni kengaytirish.
2019-yilda YI mintaqaning YI manfaatlari uchun ortib borayotgan strategik ahamiyatini ta’kidlaydigan Markaziy Osiyo uchun yangi strategiyasini qabul qilgandi. Yangilangan strategiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan yanada kuchliroq va inklyuziv hamkorlikni rivojlantirishga, mintaqa yanada farovon va o‘zaro chambarchas bog‘langan iqtisodiy va siyosiy makonga ega bo‘lishi uchun qaratilgan .
YI mintaqaning ikkinchi yirik savdo sherigi, shuningdek, Markaziy Osiyodagi barcha investitsiyalarning 40% dan ortig‘ini tashkil etuvchi eng yirik investor hisoblanadi.
Ma'lumki, 2022-yil oktabr oyida Qozog‘istonda va 2023-yil iyun oyida Qirg‘izistonda YI va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkita uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Bundan tashqari, qator vazirlar uchrashuvlari o‘tkazilgan, ularning eng so‘nggisi 2023-yilda Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan va unda YI hamda Markaziy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma yo‘l xaritasiga kelishib olingan.
4-mart kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida YI — Markaziy Osiyo vazirlarining 20- bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida sammitga tayyorgarlik ko'rish masalasi muhokama qilingan.
Sammit YIga Markaziy Osiyo bilan ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishdan geosiyosiy manfaatdorligini namoyish etish uchun asosiy imkoniyat yaratdi. O‘zgaruvchan geosiyosiy manzarada Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlar tobora strategik ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Sammit davomida YI o‘zaro manfaatli sohalarda, jumladan, transport va raqamli aloqa — mintaqa ichida va YI bilan, strategik xomashyo, iqtisodiyot va xavfsizlik, toza va samarali energiya manbalariga o‘tish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.
Yevropa Kengashi prezidenti Antonio Kostaning sammitdagi nutqi buning yaqqol tasdigʻi boʻlib, u koʻp qutbli dunyoda yanada faol va maqsadli hamkorlik zarurligini “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” birinchi sammiti xalqaro huquq normalariga to‘liq rioya qilgan holda tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanish yo‘lida birgalikda harakat qilish bo‘yicha umumiy sadoqatni mustahkamlashini taʼkidladi.