Bosh sahifa/Yangiliklar

Yangiliklar

Osiyo Olimpiya Kengashining 46-Bosh Assambleyasi Toshkentda bo'lib o'tdi

Toshkenda Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Nufuzli anjumanda Osiyo Olimpiya kengashi va unga a’zo Milliy Olimpiya qo‘mitalari vakillari, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi hamda yetakchi sport tashkilotlarining rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati ishtirok etdi.

Assambleya doirasida Osiyo sportining istiqboliga oid masalalar, yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari va Olimpiya harakatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi. Tadbirning asosiy masalalaridan biri Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylash jarayoni bo‘ldi.

Shuningdek, 2029-yil Toshkent shahrida IV Osiyo yoshlar o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha rasmiy shartnoma imzolandi.

Assambleya yakunida Milliy Olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti, Qatar Milliy Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy Osiyo Olimpiya kengashi Prezidenti etib saylandi.