Bosh sahifa/Yangiliklar

Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti 18-19 aprel kunlari davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘ldi.

O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokaralar o‘tkazdi, shuningdek, rasmiylar bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi, qo‘shma tadbirlarda ishti Davlat rahbarlari strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Oliy darajadagi muzokaralarda yetakchilar O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy darajadagi hamkorlik yuzasidan fikr almashadilar.

Hukumatlar oldiga tovar ayirboshlashni 2 milliard dollarga (2023-yilda 757 mln dollar) yetkazish, shu jumladan, o‘zaro mahsulot yetkazib berish nomenklaturasini kengaytirish, chegaraoldi savdo zonalarini tezkor ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Prezidentlar chuqur sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish uchun energetika, elektrotexnika, metallurgiya, qazib chiqarish, to‘qimachilik, farmatsevtika, agrosanoat va boshqa tarmoqlarda muhim loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha qat’iy kelishuvlarga erishilganini olqishladi.

Suvdan foydalanish masalalarida konstruktiv va o‘zaro manfaatli muloqotni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif arafasida biznes forumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani, uning yakunida yangi kooperatsiya loyihalari va savdo shartnomalarining katta portfeli shakllantirilgani keltirib o‘tildi. Mashinasozlik, elektrotexnika, energetika, konchilik, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va farmatsevtika tarmoqlaridagi o‘zaro manfaatli loyihalar shular jumlasidan.

Madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish muhimligi qayd etildi. Kinotomoshalar, konsertlar, spektakllar, ko‘rgazmalar va yoshlar forumlari muntazam o‘tkazilishi ta’kidlandi. Ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, hamyonbop turizm dasturlarini ishlab chiqish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Transport va tranzit tashishlar sohasidagi hamkorlik strategik yo‘nalish sifatida ko‘rsatib o‘tildi. Prezidentlar bu borada o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish hamda havo va temir yo‘llari orqali tashishlarni rivojlantirish, tranzit yuk tashishlar hajmini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishni qo‘llab-quvvatladi.

Zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashishda yaqin aloqalarni davom ettirish, Afg‘onistonda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi. Mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyorlik bildirildi

Tomonlar madaniy-gumanitar almashinuvni yanada faol qo‘llab-quvvatlashga ahdlashib oldi.