Bosh sahifa/Yangiliklar
Yangiliklar
Samarqandda YeTTB Boshqaruvchilar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2023-yilning 16-18-may kunlari Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy mavzusi “Muvofiqlikka sarmoya kiritish” edi.
Uch kun davomida Samarqand 73 davlatdan 2000 dan ortiq mehmonni qabul qildi. Ular orasida xorijiy hukumatlar vakillari, transmilliy korporatsiyalar rahbarlari, xalqaro moliya institutlari va banklari rahbarlari, iqtisodiyot, sarmoya, moliya va texnologiyalar sohasidagi taniqli ekspertlar, jahonning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari bor edi.
Yig‘ilish doirasida dasturga muvofiq Biznes-forum, 50 dan ortiq panel muhokamalari, hamkor sessiyalar, yuqori darajadagi tadbirlar, matbuot anjumanlari, bankning institutsional tadbirlari va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Biznes-forumning asosiy mavzusi barqarorlikka sarmoya kiritish edi. Muhokamalarda bank sarmoya kiritayotgan mamlakatlar hozirgi geosiyosiy qiyinchiliklarga qanday qarshi turishiga e’tibor qaratildi.
Tadbir jaroyonida muhokama qilingan masalalar - bu xalqaro savdo, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, bozorlarni kengaytirish uchun raqamlashtirishning ahamiyati, YeTTBning “Yashil shaharlar” dasturini amalga oshirish, oziq-ovqat xavfsizligi, mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar.
Kengash davomida bir qator investitsiya shartnomalari va kelishuvдфк, jumladan, “O‘zsanoatqurilishbank” va YeTTB o‘rtasida moliyalashtirish liniyasini jalb qilish bo‘yicha kelishuv, shuningdek, YeTTB va Mastercard inklyuziv o‘sish markazi o‘rtasida memorandum imzolandi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, imzolangan hujjatlar darajasi, shuningdek, tadbirda yuqori darajali mehmonlar ishtirok etgani xalqaro hukumat va sarmoyaviy doiralarning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli institutsional islohotlar va o‘zgarishlarga ishonch bilan munosabati samarasidir.