Bosh sahifa/Yangiliklar
Yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi yangi qurilgan vakolatxonasi ochilish marosimida qatnashdilar.
19-aprel kuni Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi elchixonasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ikki mamlakat yetakchilari ramziy tasmani kesib, O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar. Ikki davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, faxriy mehmonlar kitobiga tilaklarini yozib qoldirdilar.