Bosh sahifa/Ma’lumotlarni ko‘rsatish tartibi

Ma'lumotlarni ko'rsatish tartibi

- Har qanday nashr yoki maqolada (bosma va elektron ommaviy axborot vositalari) logotip ko‘rinishida tadbir haqidagi ma’lumot bo‘lishi shart;


- tele va radioeshittirishlar, syujetlar, intervyular, logotip, matn yoki ovoz belgisi shaklida tadbir haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga olishi lozim;


- “InterForum” rasmiy saytidan olingan ma’lumotlardan foydalanishda, ma’lumot manbasi yoki “InterForum” saytiga havola ko‘rsatilishi lozim;


- tadbir ishtirokchilarining so‘zlaridan iqtibos keltirish uchun ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokchining shaxsiy roziligini olishlari lozim, keltirilgan ma‘lumotlarni buzib ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi;


- ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan tayyorlangan materiallar faqatgina ishonchli ma’lumotlardan iborat bo‘lishi lozim;


- tadbir tashkilotchilari foto va video materiallardan, tadbir davomida tayyorlangan maqolalardan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Ushbu materiallarni tayyorlagan mualliflarga yoki ommaviy axborot vositalariga havola ko‘rsatiladi.