Bosh sahifa/“Xalqaro hamkorlik markazi” AJ
“Xalqaro hamkorlik markazi” AJ – Toshkent shahrining eng nufuzli biznes majmualaridan biri hisoblanadi. Majmua yong‘in xavfsizligi, isitish, havoni tozalash va ventilyatsiya tizimlarini o‘z ichiga olgan eng yangi texnik va muhandislik tizimlari bilan to‘liq jihozlangan. Bino tunu-kun faoliyat olib boruvchi professional qo‘riqlash tizimi va binoga kirish va chiqishni nazorat qilish tizimiga ega, binoning o‘zi va atrofi videokuzatuv tizimi yordamida nazorat qilinadi.
Fasadni bezashda yuqori sifatli tabiiy materiallardan foydalanilgan, majmuaning ichki qismi zamonaviy ixcham uslubda bajarilgan. Ofis xonalarida Yevropa uslubidagi yuqori sifatli ta’mirlash ishlari olib borilgan. Erkin planirovka iloji boricha qulay ish sharoitlarni yaratish imkonini beradi.
“Xalqaro hamkorlik markazi” AJ binosida umumiy maydoni 16000 m2 dan ortiq bo‘lgan 8 ta konferens-zal, muzokaralar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan 6 ta alohida xona, biznes toifadagi ofis xonalari mavjud. Majmuadagi eng kichik ofis 35 m2 maydonga ega, ijaraga olish mumkin bo‘lgan maydon kattaligi chegaralanmagan. Markaz hududida “Pride Plaza” restorani faoliyat olib boradi.
